
Nodirbek Sayfullayev
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori
«O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti xabarlari» — O'zbekiston Respublikasi OAK ro'yxatiga kiritilgan ilmiy-nazariy, amaliy-uslubiy, ma'naviy-ma'rifiy jurnal (ISSN 2181-8932). Nashr mamlakatda madaniyat va san'at sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yutuqlarini targ'ib etishga xizmat qiladi.
Jurnalda teatr va kino, musiqa san'ati, san'at tarixi, falsafa va nomoddiy madaniy meros, pedagogika hamda psixologiya yo'nalishlariga oid, aniq o'rganilgan va ishonchli manbalarga asoslangan ilmiy maqolalar chop etiladi.
Jurnalning asosiy maqsadi — ilm-fanni qo'llab-quvvatlash siyosatini targ'ib qilish, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari natijalarini nashr etish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish va yuksak ma'naviyatni shakllantirishdan iborat.
Ta'sischi: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Tillar: O'zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz
Nashr shakli: An'anaviy (bosma)
Yo'nalishlar: San'atshunoslik, filologiya, tarix, falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik
Jurnal madaniyat va san'at sohalaridagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini targ'ib etish, yangi ilmiy-nazariy va kontseptual qarashlarni bayon etish hamda soha mutaxassislari muloqotini tashkil etishga xizmat qiladi.
Jurnalga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo'yiladigan talablar jahon andozalari hamda O'zbekistondagi doktorlik (PhD va DSc) tadqiqotlari tizimi andozalaridan kelib chiqadi. Maqola mavzusi jurnal ruknlariga mos kelishi shart.
Maqolaning maksimal hajmi — 8 bet. Foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 5–10 ta manbadan iborat bo'lishi lozim.
Muallif ma'lumoti, mavzu (Title), annotatsiya (Abstract), kalit so'zlar, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.
Maqolalar o'zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. O'zbek tilidagi o', g', q, h harflari matnda to'liq yozilishi shart.
«Times New Roman», 14 shrift, 1.5 interval. Sahifa chetlari: chap 3 sm, yuqori va quyi 2 sm, o'ng 1.5 sm; abzas 1.25 sm.
Jurnalning so'nggi soni (2025-yil, 4-son) bilan to'g'ridan-to'g'ri shu sahifada tanishing. Sahifalarni varaqlash yoki to'liq ekran rejimidan foydalanishingiz mumkin.
Jurnalning tahrir hay'ati va jamoatchilik kengashi tarkibi. Quyida jurnal rahbariyati hamda tahrir hay'ati a'zolari keltirilgan.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor

Jurnalning mas'ul kotibi

Jurnal sahifalovchi dizayneri